Dehqonobod tumanida chorvachilikni rivojlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi daromadlarini oshirish hamda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar doirasida Dehqonobod tumanida ham amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, tumanning Ayridevol mahallasida aholi xonadonlarida chorvachilikni rivojlantirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish maqsadida yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

Mahalladagi hokim yordamchisining tavsiyasi asosida 10 ta xonadonga imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan Mongoliyadan keltirilgan Bayat zotli qo‘ylar yetkazib berilgan. Bugungi kunda mazkur xonadonlarda chorva mollari parvarish qilinib, loyihalar o‘z samarasini bermoqda.

Ayniqsa, Bayat zotli qo‘ylarning mahalliy iqlim sharoitiga moslashib, yaxshi rivojlanayotgani chorvachilikni xonadonlar uchun istiqbolli daromad manbalaridan biriga aylantirmoqda.

Bunday loyihalar orqali aholining chorvachilik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari kengayib, xonadonlarda qo‘shimcha daromad manbalari yaratilmoqda.

Aholini tadbirkorlikka jalb etish, chorvachilikni rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan ishlar tumanning barcha mahallalarida izchil davom ettirilmoqda.

Manzil

Qashqadaryo vil., Qarshi sh. Xonobod ko’ch. 19-uy

Telefon

+998 55 406 04 55
+998 75 224 10 27

Email Pochta

jizzax@vetgov.uz

Murojaat yuborish