Parrandachilik va chorvachilik sohasi tadbirkorlari uchun ochiq muloqot o‘tkaziladi

Parrandachilik va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolari, sohadagi tizimli masalalar va ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflarni muhokama qilish maqsadida 15-sentabr kuni soat 14:00 da «onlayn» ochiq muloqot o‘tkaziladi.

⚒ Ochiq muloqot davomida masalalar bevosita tadbirkorlarning o‘zi bilan muhokama qilinib, sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.

⚡️ Ochiq muloqotda:
❤️ tadbirkorlarning sohaga oid murojaatlari va takliflari;
❤️ amaldagi tartib-taomillarda uchrayotgan byurokratik to‘siqlar;
❤️ tadbirkorlik subyektlariga veterinariya va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligi;
❤️ parrandachilik va chorvachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

🔗 «Onlayn» ochiq muloqotda barcha hududlardan tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

❗️ ZOOM havola uchrashuv avvalida jo’natiladi.

✅ Parrandachilik va chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🌎Veb-sayt 🌐Telegram
💬Facebook 📷Instagram
📺Youtube✖️Twitter

Manzil

Qashqadaryo vil., Qarshi sh. Xonobod ko’ch. 19-uy

Telefon

+998 55 406 04 55
+998 75 224 10 27

Email Pochta

jizzax@vetgov.uz

Murojaat yuborish