Joylarda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi davom etlmoqda!

2026-yil 4-mayda Qashqadaryo viloyatida “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi doirasida Yakkabog‘ tumani “Oqtosh kelajagi” MChJ  Roza Tanirberganova xo‘jaligida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

✅Tadbirda, universitet rektori, professor X.B.Yunusov, tuman hokimi О.Камолов, viloyat veterinariya va chorvachilik boshqarmasi boshlig‘i Sh.O.Eshmatov, hudud rahbariyati, mutasaddilar, soha xodimlari hamda chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
✅Seminar davomida chorva xo‘jaliklarida veterinariya talablari va gigiyena qoidalariga rioya etish zarurligi, dezinfeksiya ishlari, to‘g‘ri parvarish va kasallik alomatlari kuzatilganda zudlik bilan veterinariya mutaxassislariga murojaat qilish, hayvonlarni sotib olish jarayonida sog‘lom manbalardan xarid qilish, ularni profilaktik karantinda vaqtincha saqlash, muntazam ko‘rik va o‘z vaqtida rejali emlash ishlarini amalga oshirish, xizmatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, tezkor axborot almashinuvi va muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha  universitet olimlari “Veterinariya profilaktikasi va davolash” fakulteti dekani v.f.d., professor H.B.Niyozov, “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.f.d., professor B.Bakirov hamda PhD S.S.Asqarov, “Veterinariya xirurgiyasi, jarrohlik va akusherlik” kafedrasi v.f.d., professor B.M.Eshburiyev, “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi mudiri, v.f.d., dotsent Z.J.Shapulatova, “Epizootologiya va infeksion kasalliklar” kafedrasi mudiri PhD., katta o‘qituvchi A.N.Xudjamshukurovlar tomonidan taqdimotlat qilinib, aniq tavsiyalar berildi.

✅SamDVMCHBU Axborot xizmati

Manzil

Qashqadaryo vil., Qarshi sh. Xonobod ko’ch. 19-uy

Telefon

+998 55 406 04 55
+998 75 224 10 27

Email Pochta

jizzax@vetgov.uz

Murojaat yuborish