Hududlarda Prezident qarori ijrosi bo‘yicha seminar tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining «Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi tumanidagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish markazida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

😄 Unda qo‘mita huzuridagi Naslchilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi eksperti Andrey Slepchenko ishtirok etib, qoramollar naslini yaxshilash hamda sun’iy urug‘lantirishning zamonaviy usullari, embrion transplantatsiyasi texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ma’ruza qildi.

📞 Tadbir davomida ishtirokchilarga nazariy bilim bilan birga amaliy jarayonlar taqdimot qilindi. Shuningdek, bunday o‘quv-amaliy seminarlarni Kasbi, Nishon, Koson va Mirishkor tumanlarida ham o‘tkazilishiga kelishildi.

Manzil

Qashqadaryo vil., Qarshi sh. Xonobod ko’ch. 19-uy

Telefon

+998 55 406 04 55
+998 75 224 10 27

Email Pochta

jizzax@vetgov.uz

Murojaat yuborish