O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabrdagi PQ–322-sonli qarori ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan ko‘rgazmali amaliy seminar Nishon tumani U. Yusupov hududida joylashgan “Yangi Nishon Fazosi” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib o‘tdi.
✍️ Seminarda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari tegishli rahbar mutaxassislari hamda chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
✍️ Tadbir davomida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash, sohada zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda qarorda belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
✍️ Yakunda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.





