Tadbirda viloyat FV, SS, V va ChR, shuningdek, SEO va JSQ viloyat boshqarmalarining mas’ullari ishtirok etdi. Nazariy qismda mutaxassislar kasallikning oldini olish bo‘yicha ma’ruza qilishdi.
Amaliy qismda esa kasallik o‘chog‘ida surishtiruv ishlarini olib borish, epidemiya va epizootiyaga qarshi zarur tadbirlarni amalga oshirish, antirabik zardoblar zahirasini yaratish, shuningdek, hayvonlar tishlab olganda yoki boshqa jarohatlar yetkazilganda fuqarolarni darhol tibbiy muassasalarga yo‘naltirish ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi. Tadbir davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish va profilaktika ishlari bo‘yicha targ‘ibot ishlariga ham e’tibor qaratildi.






