Qashqadaryo viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi «Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-5696-son Farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» PQ-4254-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlaydi;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasidagi va ular vakolatiga kiradigan boshqa masalalarga doir qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etish yuzasidan monitoring va nazorat olib borish;
tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
tuman (shahar) boʻlimlar va idora boʻysunuvidagi tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tahlil qilish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
